Ulug`bek Rahmatullayevning ushbu qo`shig`i 4 kunda hitga aylandi! Darhol uni ko`chirib oling va xonanda bilan birga kuylang! “KAPALAK” Iqbol Muhammadjonov g`oyasi asosida yaratilgan ushbu qo`shiqning matni quyidagicha... Izlaringdan o`pay kapalak, Ko`zlaringdan o`pay kapalak, G`unchalarning labidan tomgan, So`zlaringdan o`pay kapalak. Bir jonimga ming bitta jafo, Gohi shohman, gohida gado. Seni guldan, meni yordan, Ayirmasin, mehribon Xudo. Naqarot: Ko`zlaringdan o`pay kapalak Izlaringdan o`pay kapalak, G`unchalarning labidan tomgan, So`zlaringdan o`pay kapalak. Gulzor ichra izingdan chopdim, Kapalagim sendan mehr topdim. Sen-ku guling topding, men netay? O`z dilimdan o`tli dod topdim Gulday go`zal gulim kapalak, Senga yetmas qo`lim kapalak. Termulaman ortingdan mahzun, Kel jonimga qo`ngin kapalak. Gulday go`zal gulim kapalak, Senga yetmas qo`lim kapalak. Termulaman ortingdan mahzun, Kel jonimga qo`ngin, kapalak.
Источник: http://1 |